KXDR muloqotga kirishish uchun AQShni Janubiy Koreya bilan qo‘shma yig‘inlarni o‘tkazishdan voz kechishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“AQSh qo‘shma harbiy yig‘inlar singari provokatsiya harakatlarini to‘xtatadigan bo‘lsa, muloqot uchun imkoniyat ochiladi va ko‘plab masalalar yechilishi mumkin”, — deyiladi Shimoliy Koreya TIV bayonotida.
Ushbu bayonot Koreya yarimorolidagi yadro muammosi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralar bo‘yicha AQShning maxsus vakili Sidni Seyler shu kunlarda Seul va Pekinga tashrif buyurib, muloqot Pxenyanning unda qatnashishdan bosh tortayotgani uchun muzlatib qo‘yilganini ma’lum qilganidan keyin berildi.
Izoh (0)