21-iyul kuni Toshkentda Huawei kompaniyasining LTE Forum 2015 forumi ochildi, u O‘zbekistonda LTE (4G) texnologiyali keng polosali mobil internetni rivojlantirish mavzusiga bag‘ishlanadi. Forum doirasida 4.5G va 5G texnologiyalari bazasidagi mobil tarmoqlar evolyutsiyasi muhokama etiladi.
Forumda Huawei kompaniyasi ekspertlari, jumladan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va xitoylik ekspertlar so‘zga chiqib, mobil aloqa bo‘yicha jahon sanoatidagi yo‘nalishlar, LTE texnologiyasini joriy etishdagi jahon tajribasi haqida gapirdi.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston operatorlari tarmoqlarida keng polosali internet texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga bog‘liq dolzarb va amaliy masalalar muhokama qilinadi.
Izoh (0)