Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakatning Nikolayev viloyatiga uyushtirgan ishchi tashrifi davomida harbiy-dengiz kuchlarining taktik mashg‘ulotlari borishi bilan tanishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Prezident harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni, vitse-admiral Sergey Gayduk hamrohligida tezyurar katerda dengizga chiqdi va dengiz desantining sohilga tushirilishini kuzatdi”, — deyiladi Poroshenko matbuot xizmati xabarida.
Bug ko‘rfazi havzasida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda dengiz piyodalari, maxsus xizmat bo‘linmalari, Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalari va katerlari, shuningdek, dengiz aviatsiyasining uchuvchi qurilmalari, Havo kuchlari va va Quruqlikdagi qo‘shinlar qatnashdi.
Xabar berishlaricha, mazkur o‘quv-mashqlaridan ko‘zlangan maqsad — harbiy-dengiz kuchlari bo‘linmalarini jangovar harakatlarning dengizbo‘yi, xususan, Mariupol yo‘nalishida ehtimoliy rivojlanishiga tayyor holda saqlashdan iborat.
Izoh (0)