“Barselona” prezidenti Xosep Mariya Bartomeu klub prezidenti sifatida yana 6 yilga saylandi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy saytiga tayanib, “Arena.uz” xabar bermoqda.
52 yoshli amaldor 18-iyul kuni o‘tkazilgan saylovda 54,63% ovoz oldi va Joan Laporta (33,03%), Agusti Benedito (7,16%) va Toni Freyshani (3,7%) ortda qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Bartomeu “Barselona” prezidentligi lavozimini 2014-yil 23-yanvaridan 2015-yil 9-iyunigacha egallab turgan va saylov oldidan o‘z nomzodini ilgari surish uchun iste’fo bergan edi.
Izoh (0)