Rossiyaning Yekaterinburg shahrida sud a’zolari 14 kishini o‘ldirishda ayblangan “Fyodorovich bandasi” yoki “blogerlar bandasi” deb atalgan guruh rahbari Vasiliy Fyodorovichni 22 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Ushbu uyushgan jinoiy guruh 14 ta qotillikdan tashqari yana besh kishining hayotiga qasd qilishda ham ayblangan. Ayblovlar orasida 2012-yil mart oyida AQSh fuqarosi Jorj Kara Yakubyanning o‘ldirilishi ham bor. Fyodorovich guruh a’zolarining yuridik xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullangani uchun tergov uni rahbarlardan biri deb hisoblagan. Bundan tashqari, u guruhning keyinchalik o‘ldirilgan boshqa bir rahbari bilan birgalikda ma’lum jinoyatlar rejasini ishlab chiqishda qatnashgan.
Jinoyatlarni sodir etishda jami 11 kishi qatnashgan, biroq ayblov faqat 9 kishiga e’lon qilingan. To‘da a’zolaridan biri Interpol tomonidan izlanmoqda, guruhning 30 yoshli rahbari esa 2012-yil may oyida o‘ldirilgan. Jinoyatchilarga qotillik, odam o‘g‘irlash, o‘ldirish bilan qo‘rqitish, o‘g‘rilik, talonchilik, tovlamachilik, jinsiy zo‘rlash singari ayblar qo‘yilgan.
Izoh (0)