11-iyul, shanba kuni Hindiston shimolida yo‘lovchi avtobusi jarga qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana 19 kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS” India TV telekanaliga tayanib. Bundan tashqari, uch nafar katta yoshli kishi va bir bola bedarak yo‘qolgan.
Ximachal-Pradesh shtati politsiyasi ma’lum qilishicha, hodisa Rampur shahridan 120 km masofada Himolay tog‘i etaklarida sodir bo‘lgan. Rampurdan shtat poytaxti Shimluga yo‘l olgan yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan daryoga qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqeaga ertalabki tuman tufayli yo‘l yaxshi ko‘rinmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)