Yil oxirida Discovery kanali Buxoro haqida syujet ko‘rsatadi, u Buyuk ipak yo‘li haqidagi hujjatli filmning bir qismiga aylanadi, deb yozadi “Vostochniy ekspress”. OAVlar yozishicha, Britaniyaning Pioneer Products kompaniyasining suratga olish guruhi Buxoroda ish boshlagan.
Discovery kanali dunyoning 220 mamlakatida translyatsiya olib boradi va 2,8 milliard kishilik auditoriyani qamrab oladi.
Suratga olish ishlari Jahon sayyohlik tashkiloti va “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi hamkorligida olib borilmoqda. Syujetda shahar aholisining urf-odatlari, madaniy va qadimiy yodgorliklar yoritiladi.
Izoh (0)