Toshkentda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik tomonidan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining tadqiqot reaktorlari hamkorligi” mavzusida IV Xalqaro majlis bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Review.uz”.
Ushbu uchrashuvda reaktorlarning hozirgi holatini muhokama qilish, ekspluatatsiya bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, yaqin kelajak uchun rejalar tuzish maqsadida agentlik, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston mutaxassislari yig‘ildi. Ular, shuningdek, ekspertlik bilimlarini tarqatish, ta’lim va xodimlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish masalalarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)