Buyuk istilochi Chingizxon (1155-1227) tug‘ilgan va dafn etilgan Mo‘g‘ilistonning shimoli-sharqiy qismidagi Burxon-Xaldun tog‘li hududi YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yuqoridagi qarorning qabul qilinishiga Burxon-Xaldun tog‘li hududining Chingizxon nomi bilan bog‘liqligi sabab bo‘ldi. Bugungi kungacha yetib kelgan XIII asrga oid mo‘g‘il adabiyoti va tarixiy yodgorligi bo‘lgan “Sir tutilgan rivoyat”ga ko‘ra tog‘ hududi Mo‘g‘il imperiyasining asoschisi Buyuk xon nomi bilan chambarchas bog‘liq.
Izoh (0)