Misr sudi davlat bayrog‘i rangidagi libosda raqs ijro etgan ayolni olti oyga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda BBC radiosiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ayni paytda uning garov evaziga qo‘yib yuborilishi yoki qamoqqa olinishi noma’lum bo‘lib turibdi. Ozodlikdan mahrum etishdan tashqari, sud raqqosani 2 ming dollar jarimaga ham tortdi. Bu jazo bir yil avval kuchga kirgan milliy bayroqni tahqirlashga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunga asosan chiqarildi.
Asli arman millatiga mansub Safinaz ismli raqqosa Misrda mahalliy bayramlardagi ishtiroki va kinodagi rollari orqali tanilgan.