Mikroavtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi oqibatida Turkiya g‘arbidagi Manis provinsiyasida o‘n besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avtohalokatda yana ikki kishi jarohat olgan. Hodisa tafsilotlari politsiya tomonidan tekshirilmoqda. Mikroavtobus qishloq xo‘jaligida mehnat qiluvchi ishchilarni tashigan.