Avvalroq ariza bergan Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga qo‘shilishi masalasi BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalari bekor qilinganidan so‘ng hal etiladi, vaqtinchalik parametrlar konsultatsiyalardan so‘ng aniq bo‘ladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib.
“Shundan so‘ng Eron hamkorligimizga faol ravishda qo‘shilishi mumkin”, — dedi Ushakov.
Nashr eslatishicha, ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchilar maqomiga ega.
Izoh (0)