Ikki ayol va ikki erkak, jami to‘rt kishi Rok-Xill shahridagi (AQShning Janubiy Karolina shtati) xususiy uyda ro‘y bergan otishma oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fojia 5-iyul, yakshanba kuni kechki payt ro‘y bergan. Halok bo‘lganlar orasida mahalliy ma’muriyatning qamoqxonalar xavfsizligi va ta’minoti masalalarini nazorat qilgan xodimasi, uning eri, o‘g‘li va o‘g‘lining tanishi bo‘lgan.
Otishmani amalga oshirgan kimsa haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Politsiya mazkur hodisani tekshirishga kirishdi.