Eron Birlashgan Millatlar Tashkilotidan o‘zining ballistik raketalar dasturiga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishini so‘rayapti. Bu haqda eronlik va g‘arblik mulozimlarga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Eronliklar ballistik raketalarga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinishini istayapti”, — deya xabar bergan g‘arblik amaldor. U Tehron bu masalani Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyat yechimini topishi bilan bog‘lashga hech qanday asos yo‘q, deb hisoblayotganini ta’kidladi. Manba bu tashabbus G‘arbda quvvatlanmaganini ham ma’lum qildi.
Yuqori darajadagi Eron mulozimi 6-iyul, dushanba kuni Avstriya poytaxti Venada jurnalistlarga Tehron BMT qurol-yarog‘ yetkazib berilishiga qo‘yilgan taqiqni ham bekor qilishini xohlayotganini bayon qilgan.