Alisher Usmonov va Ivan Tavringa tegishli YuTV xoldingi CTC Media aksiyalarining 75 foizini Shvetsiyaning MTG kompaniyasi va boshqa aksiyadorlardan sotib olishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
YuTV rasmiy taklifni 2-iyul kuni bildirgan, ertasiga esa kompaniyaning 37,9 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi MTG direktorlar kengashi taklifni ko‘rib chiqib, CTC Media bitim tafsilotlarini ishlab chiqishni boshlashiga rozilik bergan. 4-iyul kuni taklifni CTC Media kengashi ko‘rib chiqib, xaridorlarga moliyaviy ma’lumotlar va bitim uchun kerakli hujjatlarni taqdim etishga rozilik bildirgan.
Qayd etilishicha, 2016-yilda kuchga kiradigan yangi qoidalarga binoan xorijiy investorlarga Rossiya OAVlarining 20 foizidan ortig‘iga egalik qilishi taqiqlangani tufayli MTG Group CTC va “Domashniy” singari telekanallarga egalik qiluvchi CTC Media’dagi o‘z ulushini sotishga majbur bo‘lmoqda.
Izoh (0)