Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani markazida ish boshlagan yangi korxonada ayollar va erkaklar uchun o‘n turdagi paypoqlar ishlab chiqarilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
Zamonaviy texnologiya asosida jihozlangan kichik korxona mahsulotlari ichki bozorda tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Ayni paytda bu yerda o‘nga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan.
Kelgusida korxona yonidan maxsus do‘kon ochish, shuningdek, mahsulot turi va ishchilar sonini ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)