Xitoyda uzoq davom etgan jala mamlakat hududi bo‘ylab suv toshqini va ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Natijada kamida 13 kishi halok bo‘ldi, yana 15 nafari bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti” “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib.
Avvalroq Xitoyning Xenan viloyatida ko‘chkilar oqibatida besh kishining vafot etganligi haqida xabar qilingan edi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Shensi viloyatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi esa bedarak yo‘qoldi. Anxoy va Sichuan viloyatlarida yana to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat Sichuan viloyatining 48 ta qishlog‘idan 260 mingdan ko‘proq kishini evakuatsiya qildi.
Hukumat favqulodda vaziyat e’lon qildi, shuningdek suv toshqinidan zarar ko‘rgan aholiga 15 million yuan (2,5 million dollar) miqdorida pul ajratishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)