Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining o‘g‘li Pyer Dog‘istonda tug‘ilgan model Aminat Mirzaxanova bilan uchrashmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Manbalarda aytilishicha, 31 yoshli Pyer va 20 yoshli Aminat o‘rtasidagi munosabatlar Ritz Carlton mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirdagi uchrashuvdan so‘ng boshlangan.
“Menga undagi fransuzcha joziba yoqib qoldi, u juda ham xushmuomala edi”, — deydi model. Aminat ular o‘rtasidagi munosabatlar qanday rivojlanishini hali bilmasligini qayd etdi.
Izoh (0)