2015-yilning 20—24-iyun kunlari Italiyaning Rimini shahrida bo‘lib o‘tgan opera bo‘yicha Fiestaloniya festivalida o‘zbekistonlik Aminzoda Jumaniyozov 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda “Kamolot.uz”ga tayanib, “turkistonpress.uz” xabar qilmoqda.
Aminzoda festivalda “Maftun bo‘ldim”, fransuz tilida “Karmen” operasidan “Eskamilyo” ariyasi hamda italyan tilida “Yig‘lama” romansini ijro etdi.
— Festivalda “Maftun bo‘ldim” romansi alohida rag‘batga munosib topildi, — deydi Aminzoda. — Tomoshabinlar bu operani alohida qiziqish va zo‘r quvonch bilan qarshi oldi. O‘shanda, barchaning ko‘zidagi hayratga yana bir bor guvoh bo‘ldim.
Izoh (0)