“Darakchi” gazetasi mushtariysi Gulnora Abdiyeva yosh aktyor Yigitali Mamajonovning qiyofasi, o‘zini tutishi, imidji va mimikasi ko‘proq hind kino san’ati qiroli Shohruhxonni eslatib yuborishini yozgan. Mushtariy gazeta orqali Yigitali aslida ham Shohruhxonga taqlid qilish-qilmasligi haqida savol bergan.
Ushbu savolga javob bergan Yigitali hech kimga taqlid qilmasligini aytib o‘tdi.
“Ochig‘i men hech kimga taqlid qilmaganman. Hind filmlarini esa umuman tomosha qilmayman. Faqat Gollivud filmlarini ko‘raman”, — dedi Yigitali Mamajonov.
Aktyor hozirgi vaqtda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Rejissyorlardan Ayub Shahobiddinov bilan yangi bir film ustida ish boshlayapmiz. Film nomi hozircha sir. Qolaversa, hozirgi paytda yana bir necha rejissyorlardan takliflar bo‘lyapti, ular orasidan ma’qulini tanlab suratga tushishni rejalashtiryapman”.
Izoh (0)