“Kruzenshtern” yelkanli kemasi Arxangelskdagi portga kirish chog‘ida sayoz joyga tiqilib qoldi, deb xabar beradi “Exo Moskvi” FlashNord agentligi ma’lumotiga tayanib.
Kemaga yordam berish uchun yuborilgan shatakchi kemalar uni sayozlikdan chiqarib oldi. Hozir yelkanli kema portdagi prichalga bog‘lab qo‘yildi. Viloyat hukumatining aytishicha, “Kruzenshtern” Murmanskka o‘tish chog‘ida po‘rtanaga duch kelganligi uchun ushlanib qolgan.
Ikki hafta avval kema Reykyavikni tark etayotib, Islandiya qirg‘oq mudofaasining ikki kemasi bilan to‘qnashib ketgan edi. Hukumat ushbu to‘qnashuv keltirgan zararni 42 million rublga baholadi.
Izoh (0)