NATOning qayta tashkil etilgan yuqori tayyorgarlikka ega maxsus kuchlari 2016-yildan boshlab jangovar vazifalarni bajarish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda Eurointegration.com.ua xabar bermoqda.
“Ispaniya boshchilik qiladigan va ittifoqchilarning harbiylaridan tashkil topgan VJTF brigadasi 2016-yildan boshlab har qanday kutilmagan vaziyatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga tayyor bo‘ladi”, - deyiladi NATO bayonotida.
Brigada joriy yil kuzida NATOning Trident Juncture-2015 harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi – “sovuq urush” davridan beri tashkil etilgan eng yirik mashqlar deb atalayotgan mazkur manyovrlarda 30 mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashadi.
Izoh (0)