Pokistonning Sind viloyatida hududda kuzatilayotgan kuchli jazirama sabab yuz bergan yurak xurujlari sabab mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Viloyat ma’muriyati 23-iyun kuni shoshilinch xizmatlar va kasalxonalardan boshqa barcha maktab, kollej va davlat muassasalari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qildi.
Ma’muriyatning ta’kidlashicha, kasalxonalarga kelayotgan aholi soni jazirama sustlashayotgani munosabati bilan sezilarli kamaymoqda, biroq kasalxonalarda hali ham minglab bemorlar bor.
Ma’lumot uchun, Sind viloyatida bir hafta davomida havo harorati Selsiy bo‘yicha 45 darajadan ham yuqori bo‘ldi. 24-iyun kuni Karachidagi havo harorati +38...+40 darajagacha tushdi.
Izoh (0)