Hindiston g‘arbidagi Maharashtra shtatida yo‘lovchi avtobusning konteyner tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Avariya mahalliy vaqt bilan 14:30da Jalgaon okrugida yuz bergan. Transport vositasi Chalisgaon shahridan Surat shahri tomon harakatlanib ketayotgan edi.
To‘qnashuv sabablari aniqlanmoqda. Jabrlanuvchilar kasalxonaga yetkazilgan. Ulardan ba’zilarining ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Hindiston yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim holatlari soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. 2011-yili mamlakat yo‘llaridagi avariyalar 140 mingga yaqin kishining, 2012-yili esa 150 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan.
Izoh (0)