Rossiyaning Arxangelsk viloyatida baliqchilarning to‘riga g‘ayrioddiy o‘lja ilindi — Bereznik−Osinovo parom kechuvi hududida toshbaqa boshli va toshqotgan tangali baliq ushlandi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
G‘ayrioddiy o‘ljaning boshi brontozavrnikiga o‘xshaydi, o‘tkir tikanaklarga ega, tangalari toshqotgan, og‘zi esa so‘rg‘ichsimon.
Baliqchilar internetdan fotosuratlarni izlab, o‘z o‘ljalariga o‘xshash mavjudotni topa olmagan. Faqatgina dengiz quyoni va dengiz iblisi singari baliqlarda ba’zi o‘xshash jihatlari borligi aniqlangan.
Izoh (0)