Rossiya Davlat dumasi raisi Sergey Narishkin 2015-yil oxiriga qadar Rossiya Shimoliy Koreya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy ko‘mak haqidagi shartnoma va xavfli harbiy faoliyat oldini olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashi mumkinligi haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mukammalashtirish va yangilash borasidagi ishlarimizni yanada faollashtirish zarur deb hisoblaymiz”, — deya ma’lum qildi Davlat dumasi spikeri KXDR Oliy xalq majlisi raisi Soy Txe Bok bilan uchrashuv chog‘ida.
Izoh (0)