Germaniyaning “Gannover” klubi va Kot-d’Ivuar terma jamoasi hujumchisi Didye Ya Konanning 3 ta avtomobili o‘g‘irlab ketildi. Futbolchi turmush o‘rtog‘i va bolalari bilan vatanida dam olayotgan vaqtda talonchilik sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Bild.
O‘g‘rilar 31 yoshli forvardning 18 kunlik ta’tilidan foydalanib qoldi va uning uyiga tushdi. Ular barcha qimmatbaho buyumlar bilan uchta avtomobil — klub tomonidan taqdim etilgan Volkswagen Touareg hamda Ya Konanning shaxsiy mashinalari Audi Q7 va Audi R8’ni o‘g‘irlab ketdi.
Politsiyaning taxminiga ko‘ra, o‘g‘rilar pochta qutisining gazeta va reklama bukletlariga to‘lib ketganidan uy sohiblarining yo‘qligini bilib olgan.
Izoh (0)