O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi davlat granti berish uchun tanlov e’lon qildi. Jamoat fondi bu haqda “Daryo”ga ma’lum qildi.
Davlat granti “Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” va “Atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda aholi, nodavlat notijorat tashkilotlarining faolligini oshirish” mavzularidagi loyihalarga beriladi.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 million so‘mgacha belgilangan. Hujjatlar 2015-yil 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.
Hujjatlar “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format): Toshkent shahri, 100035, “Bunyodkor” shoh ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga yuborilishi shart.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Izoh (0)