O‘zbekiston fuqarolaridan aldov yo‘li bilan pul undirayotgan firibgar folbinlar va soxta tabiblar ko‘payib bormoqda, deb yozadi “12news.uz”.
Xalq tabobati akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroyev so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrining o‘zidagina 800 dan ziyod qallob folbin va soxta tabiblar bor.
“‘Qabriston folbini’ning dong‘i butun poytaxt bo‘ylab, hatto undan tashqariga ham yoyildi. Firibgarning ish prinsipi oddiy: u mijozlarining barchasini qabristonga olib keladi, duch kelgan qabrdan turli buyumlar — mix, taqa bo‘lagi, qo‘g‘irchoq va hatto bosh suyagini tortib chiqaradi. Topilmani mijozga ko‘rsatib, u uning dushmani tomonidan jodu qilingani aytadi va buyumni suvga tashlasa, sehr-jodudan qutulishini ta’kidlab, evaziga katta miqdorda pul so‘raydi, — dedi M. Hamroyev. — Qanchalab sodda odamlar ularga ishonib, pullaridan ayrilgani esa hech kimni qiziqtirmaydi”.
Izoh (0)