2015-yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik kurslarning navbatdagi tinglovchilar guruhiga ta’lim yakunlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, tadqiqot muassasalari, Milliy teleradiokompaniya va “Jahon” axborot agentligi qismlarining boshliqlari va yetakchi xodimlari ikki oy davomida “Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatda axborot-tahliliy ishi” kursini o‘rgandi, tegishli idoralarning xalqaro aloqalariga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bitiruv ishini tayyorladi va himoya qildi.
Izoh (0)