Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Ulug‘bek Baqoyev KXDR terma jamoasi futbolchilarini robotlarga qiyosladi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16-iyun kuni JCH-2018 saralashi doirasida safarda KXDR termasiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur o‘yin arafasida 11-iyun kuni Toshkentda Eron termasiga qarshi o‘yin tashkil etildi va unda O‘zbekiston 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘yindan so‘ng “Sport” telekanali muxbiri savollariga javob berarkan, Ulug‘bek Baqoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinidan qoniqish hosil qilganini aytib o‘tdi.
Ayni vaqtda, bo‘lajak raqib haqida to‘xtalarkan, shimoliy koreyaliklarni “juda ham intizomli va robotdek” futbolchilar ekanini aytib o‘tdi.
Izoh (0)