Yoshlar o‘rtasidagi JChning nimchorak finalidagi Avstriyaga qarshi bahsda ikkita gol urib, qahramon bo‘lgan Doston Hamdamov o‘tgan va bo‘lajak o‘yinlar haqida fikrlarini bildirdi, deb xabar qiladi “Championat.asia”.
“Avstriya bilan o‘yin ancha murakkab kechdi. Albatta, hech bir muvaffaqiyatga qiyinchiliksiz erishilmaydi. Avstriyani ahillik evaziga yutdik.
Senegal ham kuchli jamoa. Ularning o‘yinlarini kuzatdik, ayniqsa, darvozabonlari ancha yaxshi harakat qilar ekan. Chorak finalda ham chiroyli o‘yin ko‘rsatib, Vatanimga g‘alaba taqdim qilmoqchi edim, biroq 2 ta sariq kartochka tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboraman.
Umid qilamanki, jamoadoshlarim mening o‘rnimni bilintirmaydi va har qachongidanda kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Nasib bo‘lsa, O‘zbekistonimiz tarixida qoladigan yangilik qilamiz”, — dedi Hamdamov.
Eslatib o‘tamiz, U-20 JChning chorak finalidagi O‘zbekiston — Senegal uchrashuvi 14-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:30 da boshlanadi.
Izoh (0)