Chet mamlakatga pul topish uchun ketgan farg‘onalik ayol onalik huquqidan mahrum qilindi, deb xabar beradi “12news.uz”.
“Inson va qonun” gazetasida yozilishicha, ayolni qo‘lida bolasi bilan eri tashlab ketgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi sudyasi Zuhraxon Ermatovaning so‘zlariga qaraganda, ajrashgan ayol qizini qo‘shnisiga qoldirib, o‘zi pul topish uchun ketgan. Qo‘shnisi esa uzoq o‘ylab o‘tirmasdan, qizchani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan.
Farg‘ona shahar hokimining qaroriga asosan qizcha Mehribonlik uyiga joylashtirildi. 9 oy davomida o‘zi haqida hech qanday xabar bermagan va o‘z qizining ahvoli bilan qiziqmagan ayol onalik huquqidan mahrum qilindi.
Izoh (0)