“Barselona” yarim himoyachisi Xavi Yevropa Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Xavi “Yuventus”ga qarshi uchrashuvning ikkinchi taymida zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa ispan futbolchisi turnirdagi 151-o‘yinini o‘tkazdi va 150 ta uchrashuvda maydonga tushgan Iker Kasilyasdan o‘tib, yaqqol yetakchi bo‘lib oldi.
Bundan tashqari, Xavi “Barselona” tarkibidagi 25-sovrinini qo‘lga kiritdi. 35 yoshli futbolchi 4-marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar sardori yana 8 marta Ispaniya chempionati, 6 marta mamlakat Superkubogi, 3 marta Ispaniya Kubogi hamda 2 martadan Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)