“Oryol i reshka. Shopping” ko‘rsatuvining O‘zbekistondagi suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda ko‘rsatuvning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Do‘stlar! O‘zbekistonda shunchalik mehmondo‘stlik bilan qabul qilganingiz uchun katta rahmat! Biz syomkaga olish, yeyish va uxlash uchun ko‘plab yordam takliflarini oldik. Bu biz uchun juda yoqimli!
“Oryol i reshka. Shopping”ning butun jamoasiga sizning mamlakatingiz, oshxonangiz (palovga salom!) va ko‘ngilchan xalqingiz yoqdi! Biz sayyoh sifatida albatta qaytamiz. Dasturni esa sentabr boshida, yangi mavsumda kuting!
P.S. Biz uchib ketib bo‘ldik, shuning uchun sovg‘alarni buyurtma qilish befoyda. G‘olib aniqlandi, sovg‘a sotib olindi. Sovg‘ani dastur efirga chiqqanidan keyin, aniqrog‘i sentabrda jo‘natamiz”, — deyiladi “Oryol i reshka. Shopping” ko‘rsatuvining Facebook sahifasidagi postda.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning mashhur “Oryol i reshka. Shopping” teleko‘rsatuvi may oyi oxirida O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.
Izoh (0)