Samarqand viloyati hududida yuzga yaqin noyob va dorivor o‘simlik turlari uchraydi, deb xabar qiladi “Uz24.uz”.
Samarqand viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i Shavkat Innazarov “Zarafshon” gazetasida yozishicha, Urgut tog‘larida o‘sadigan, bugungi kunda “Qizil kitob”ga kiritilgan Omonqo‘ton lolasi esa Yer yuzining boshqa joyida uchramaydi.
Shuningdek, gazetada noyob tabiat ne’matlari qatorida tangasimon bargli qadimiy turang‘il, Hisor tog‘ tizmalarining viloyat hududlarida uchraydigan anzur piyozi qayd etilgan.
Izoh (0)