Amerikalik Xarriyet Tompson marafonda yugurgan dunyodagi eng keksa ayolga aylandi, deya xabar bermoqda “TASS”. U 92 yoshga kirgan bo‘lishiga qaramay, 31-may, yakshanba kuni AQShning Kaliforniya shtati San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tgan 42 kilometrlik yugurishda qatnashdi.
Tompson 42 kilometr masofani 7 soat, 24 daqiqa va 36 soniyada bosib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, keksa ayol uchun bu hisob bo‘yicha 16-marafondir.
Poyga kuni Tompson 92 yosh-u 65 kunlik bo‘lgan. Bundan avvalgi rekord Gledis Barrilga tegishli bo‘lib, u marafonni 92 yosh-u 19 kunlikda yugurib o‘tgan.
Izoh (0)