Rossiyaning 74.ru telekanalida pazandalikka bag‘ishlangan yangi loyiha boshlandi, deya xabar bermoqda “Mychel.ru”.
Ushbu loyiha doirasidagi birinchi dastur restorator va biznesmen Artur Andreyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Dastur Sharq dunyosining eng ommabop taomlaridan biri — palovga bag‘ishlandi.
“O‘zbek maqolida aytilganidek, ‘O‘ldirsa ham, osh o‘ldirsin’! Biroq oshdan yolg‘izlikda ‘o‘lmaslik’ uchun Artur ko‘rsatuvga ‘Avtosentr Kerg’ bosh direktori Oleg Baytingerni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)