Germaniyalik avtomobil tashabbuskorlari Berlin yaqinidagi poyga trassalaridan biriga 577 ta elektromobilni to‘pladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Bu rasman qayd etilgan eng yirik elektrokarlar yig‘inidir.
Elektr paradni germaniyaliklar Formula E “yashil” poygasining Berlin bosqichi startiga bag‘ishladi.
Paradda Ginnesning Rekordlar kitobi vakillari qatnashdi va yangi jahon rekordini qayd etdi. Bundan avvalgi rekord AQShning Kremniy vodiysida bo‘lib o‘tgan paradga tegishli edi, unda 70 ta mashina ishtirok etgan edi.
Izoh (0)