Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtati Txana shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusning mikroavtobus bilan to‘qnashib ketishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi rulda uxlab qolgan. Halok bo‘lganlar orasida to‘rt nafar ayol va bir bola borligi aytilmoqda. Yo‘lovchilarning barchasi Maxarashtra shtati ma’muriy markazi – Mumbayga ketayotgan edi.
Hindiston yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim holatlari soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. 2011-yili mamlakat yo‘llaridagi avariyalar natijasida 140 mingga yaqin, 2012-yilda 150 mingdan ortiq odam halok bo‘lgandi.
Izoh (0)