Sigir go‘ngini qayta ishlash orqali quvvat oluvchi Britaniyadagi ilk avtobus Bus Hound yo‘lovchi avtobuslari orasida tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar bermoqda Gizmodo. Bedfordshir grafligidagi sinov poligonida avtobus tezligini soatiga 123,5 kilometrgacha yetkazdi.
Bus Hound biometanda ishlaydi, bu gaz go‘ngni bioreaktorda bakteriyalar yordamida achitish orqali olinadi.
Shundan so‘ng gaz suyuq holatga keladi va avtobus tomidagi yettita bakka borib quyiladi.
Zavodda belgilangan, soatiga 90 km tezlikdan oshish uchun Reading Buses tashuvchi kompaniyasi cheklagichni olib tashladi va ba’zi konstruktiv o‘zgartirishlarni kiritdi.
Izoh (0)