Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi (XEAI) yangi ma’ruzasini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Review.uz”. Unda aytilishicha, bugungi kunda 3,2 milliard kishi internetdan foydalanish imkoniyatiga ega, ularning 2 milliardi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi.
2000—2015-yillarda internet foydalanuvchilari soni deyarli yetti marta — dunyo aholisining 6,5 foizidan 43 foizigacha o‘sdi.
Bundan tashqari, ma’ruzada ta’kidlanishicha, bu yil mobil uyali aloqa abonentlari soni yetti milliarddan oshgan. Taqqoslash uchun, 2000-yilda ularning soni 738 millionni tashkil etgan.
Izoh (0)