Yaponiyaning Sony hamda Amerikaning Microsoft kompaniyalari eng ko‘p smartfon ishlab chiqaruvchilarning jahon reytingi o‘ntaligidan chiqib ketdi. Bu haqda Hi-tech.mail.ru xabar bermoqda.
Reytingning dastlabki o‘nligidan Xitoyning birdaniga yetti kompaniyasi – Lenovo (Motorola bilan birgalikda), Huawei, Xiaomi, ZTE, Coolpad, Alcatel va Vivo kompaniyalari o‘rin olgan.
2015-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Samsung va Apple kompaniyalari an’anaviy ravishda reytingda yetakchilik qilmoqda. Samsung mobil smartfonlar bozorining 24,3 foiziga egalik qilayotgan bo‘lsa, Apple’ning ulushi 17,9 foizgacha kamaygan.
Izoh (0)