Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) endi Xitoy yuanini yetarlicha baho berilmagan valyutalar ro‘yxatiga kiritmaydi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Uning o‘sishini Vashington ko‘p marotaba sun’iy deb atagan edi.
Jamg‘arma yuanni maxsus o‘zlashtirish huquqlari savatiga qo‘shish bo‘yicha Pekin bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
“Yuanning yetarlicha baholanmagani muhim omil bo‘lgan va avvalroq sezilarli disbalans keltirib chiqargan bo‘lsa-da, valyuta o‘tgan yil ichida mustahkamlanib, almashinuv kursi shu darajaga yetdiki, uni yetarlicha baholanmagan deb atab bo‘lmaydi”, — deyiladi jamg‘arma bayonotida.
XVJ savati tarkibi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Unga hozirda dollar, yevro, yen va funt sterling kiradi.
Izoh (0)