Xitoyda qariyalar uyiga o‘t ketishi natijasida 38 kishi hayotdan ko‘z yumdi va 6 kishi tan jarohati oldi, deb xabar qiladi “Segodnya”.
Jabrlanganlardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
Yong‘in xususiy tashkilotga qarashli qariyalar uyida yuzaga kelgan. Yong‘in nimadan kelib chiqqani ma’lum emas.
Politsiyachilar hodisa sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izoh (0)