Toshkentda Gold Dried Fruits kompaniyasining meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash va qadoqlash ishlari uchun zamonaviy logistika markazi ochildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Logistika markazi Gollandiyaning Celtic Koeling BV kompaniyasi tomonidan butunlay zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha qurilgan va jihozlangan bo‘lib, bu borada Markaziy Osiyoda eng modernizatsiyalashtirilgan muassasa hisoblanadi. Majmua zamonaviy sovutish va saqlash uskunalari bilan jihozlangan.
Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Rikardo Manaraning “Jahon” axborot agentligiga ma’lum qilishicha, Yevropa darajasidagi yangi majmua rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lib, keng doiradagi xizmatlarni taqdim etadi.
Izoh (0)