Xitoyning Nanchan shahrida yashovchi Syao Li ismli ayol internet-kafeda ko‘zi yorigach, darhol kompyuter qarshisiga qaytdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Muassasa hojatxonasida farzandi tug‘ilgach, ayol uni qo‘liga olgan holda zalga qaytib, klub xodimlari va tashrifchilarini hayratga soldi.
Xodimlar tomonidan chaqirilgan tez yordam ona-bolani kasalxonaga olib ketdi. Shunda ham ayol tez yordam mashinasigacha o‘zi yurib bordi.
Xitoylik yosh ona keyinroq aytib berishicha, qarindoshlari bilan janjallashib, uyini tark etgan. Mehmonxonaga joylashmoqchi bo‘lgan, biroq talonchilar bor pulini olib qo‘ygan. Shunda uning internet-kafega kirishdan boshqa yo‘li qolmagan.
Davolash xarajatlarini kasalxona o‘z bo‘yniga oldi. Hamshiralar ayolga oziq-ovqat va choyshablar keltirib berdi. Ona-bola qarindoshlarini kutib, klinikada qoldi.
Izoh (0)