Amerikalik rassom Jey Key Keller 16 yil davomida har kuni o‘zini suratga oldi. Barcha suratlar ketma-ketligidan iborat 3,5 daqiqalik videorolikni u o‘z blogiga joyladi, deb xabar qiladi i100.
Keller qimmat turuvchi raqamli kamera sotib olgani uchun tanqid qilgan ma’shuqasiga qasdma-qasd 1998-yil oktabrda o‘zini-o‘zi suratga ola boshlagan. Suratkash suyuklisi bilan ajrashganidan keyin ham selfiga tushishda davom etavergan.
Keller obyektiv qarshisida har doim vazmin bo‘lishga harakat qilganini aytdi. U to hayot ekan selfi olishda davom etaverishini va har 8 yilda bajargan ishlarini namoyish qilishini ta’kidladi.
Ayni vaqtda Keller Alyaskada yashaydi va fotoinstallyatsiya bilan shug‘ullanadi. Uning ishlari Avstraliya suratlar markazi va AQShdagi Uoker san’at markazi kabi galereyalarda saqlanadi.
https://youtu.be/XjSfaRzbAHc
Izoh (0)