“Adme.ru” portalida sayohat uchun qiziqarli bo‘lish bilan birga anchagina mablag‘ni tejash mumkin bo‘lgan mamlakatlar o‘nligini e’lon qildi. E’tiborlisi ushbu reytingdan O‘zbekiston ham o‘rin olgan.
Nashrning e’tirof etishicha, O‘zbekistonda mazali taomlarni arzon narxlarda deyarli istalgan yerda topish mumkin. Ikki kishilik tushlik taxminan 35 dollarga, mehmonxonada tunash esa 30 dollar va undan yuqori narxga tushishi qayd etilgan. O‘zbekistonda Chorvoq suv ombori, Bunyodkor maydoni, Chimyon tog‘i, Shohi Zinda majmuasi, Registon maydoni, Naqshbandiy majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasini albatta ko‘rish lozimligi aytilgan.
Ro‘yxatdan shuningdek Armaniston, Ozarbayjon, Serbiya, Tunis, Gruziya, Hindiston, Polsha, Misr va Qozog‘iston ham joy olgan.
Izoh (0)