29-may kuni Qozog‘istonning Burabay qishlog‘ida MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib. Unda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorliklarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 20 dan ortiq hujjat loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Majlisda MDH davlatlarining Mintaqalararo va chegaraviy hamkorliklari konsepsiyasining 2020-yilgacha bo‘lgan davr uchun loyihalari muhokama qilinadi.
Hukumat rahbarlari shuningdek iqtisodiyot, madaniyat, xavfsizlik sohalaridagi hamkorliklar bo‘yicha bir qator masalalarni ko‘rib chiqadi.
Izoh (0)